1-dars
Bu qayerga ketadi?
Chiqindi tushunchasi bilan tanishuv
1–2-sinf
23 daqiqa
Kirish darsi
Kuzatuvchi-2
Darsning maqsadi
Taʼlimiy
Chiqindi tushunchasi va uning «hayoti» haqida boshlangʻich tasavvur berish
Tarbiyaviy
Atrof-muhitga nisbatan masʼuliyatni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish
Dars bosqichlari
| Bosqich | Vaqt | Faoliyat |
|---|---|---|
| Tashkiliy qism | 2 daqiqa | Salomlashish |
| Qiziqish uygʻotish | 3 daqiqa | «Axlat qutisiga nima tashlaymiz?» — erkin suhbat |
| Platforma bilan ishlash | 8 daqiqa | Ekobek va Saralay bilan tanishuv, tanlov savoli |
| Mustahkamlash | 5 daqiqa | Sinfda muhokama: «Nega chiqindi darrov yoʻq boʻlib ketmaydi?» |
| Topshiriq tushuntirish | 3 daqiqa | Maktab/uydagi axlat qutilarini kuzatish topshirigʻi |
| Yakunlash | 2 daqiqa | «Kuzatuvchi-2» nishonchasi haqida eslatish |
Kutilayotgan natija
Oʻquvchi chiqindi haqida boshlangʻich tasavvurga ega boʻladi va kuzatuv olib bora oladi.
Uyga vazifa
Uy/maktabdagi axlat qutilarini kuzatish va ota-onaga aytib berish.